Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism
Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism
Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism
Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism
Algebra va matematik analiz asoslari 1-qism

,,Algebra va matematik analiz asoslari" darsligi ikki qismdan iborat bo'lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan hamda shu fan bo'yicha akademik litseylar va kasbhunar kollejlari o'quv rejasiga asosan, aniq fanlar yo'nalishi, tabiiy fanlar yo'nalishi,  shuningdek, matematika umumta'lim fani sifatida o'rg;aniladigan guruhlarning ,yAlgebra va matematik analiz asoslari" kursining o'quv dasturidagi barcha materiallarni o'z ichiga oladi. Mualliflarning SamDU akademik litseyida to'plagan ish tajribalari asosida yaratilgan ushbu darslikning I qismi sakkiz bobdan iborat bo'lib, unda quyidagi mavzular yoritilgan:

- to'plamlar nazaiyasi va matematik mantiq elementlari;

- haqiqiy sonlar;

- kompleks sonlar va ular ustida amallar;

- ko'phadlar;

- algebraik ifodalar;

- algebraik tenglamalar va tengsizliklar;

- funksiyalar;

- ko'rsatkichli va logarifmik funksiyalar.

Har bir bob paragraflarga, paragraflar esa bandlarga bo'lingan.

Materiallar bayonida mualliflar nazaida zarur deb hisoblangan

o'rinlarda to'plamlar nazariyasiva matematik mantiq elementlari tilidan foydalanilgan.

Darslikning yaratilish jarayonida o'zlarining qimmatli maslahatlarini ayamagan SamDU akademik litseyining matematika o'qituvchilari R. Narzullayeva va F. Xo`jayevaga, Samarqand viloyati Ishtixon tumani 21- o'rta maktabning oliy toifali matematika o' qituvchisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko' rsatgan Xalq ta'limi xodimi A. A. Nasimovga hamda uni nashrga tayyorlashda katta yordam bergan I.H. Nasimovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

YUKLAB OLISH